Jahon | 22:00 / 25.08.2016
6504
1 daqiqa o‘qiladi

Olland: Turkiya hukumatining Suriyada harbiy operatsiya boshlash qarorini tushunsa bo‘ladi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Turkiya rahbariyatining Suriyadagi jangarilarga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazish qarorini IShID terrorchilari Turkiya hududida amalga oshirgan teraktlar hisobga olinsa tushunsa bo‘lishini aytdi.   

"Turkiya IShID bilan kurashish uchun Suriya hududiga kirishga qaror qildi va terrorchilar tomonidan Turkiyada amalga oshirilgan teraktlarni hisobga olsak, biz buni tushunamiz", deb aytdi Olland.  

Olland tomonlarni "muzokaralar o‘tkazishga" intilishlarni to‘xtatmaslikka chaqirdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid