Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyaning O‘zbekistondagi elchisi missiyasini yakunladi
25 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Chexiya elchisi Ginek Peyxani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston–Chexiya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish chog‘ida elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, turli darajadagi muloqotlarni, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi aloqalarni faollashtirishdagi izchil xizmatlari qayd etildi.
Uchrashuvda ayrim mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Elchi, o‘z navbatida, Toshkent shahridagi to‘rt yillik faoliyati davomida o‘zining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasiga ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
07:22 / 09.05.2026