Jahon | 09:14
721
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi

Chexiyada bir kishi yoki birgalikda lotereya chiptasini sotib olgan guruh Eurojackpot lotereyasida 120 million yevro miqdoridagi jyekpotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda lotereyani muvofiqlashtiruvchi Germaniyaning Westlotto kompaniyasi ma’lum qildi.

Foto: AP

Ma’lum qilinishicha, g‘olib asosiy yutuq uchun zarur bo‘lgan barcha raqamlarni to‘g‘ri topgan. Eurojackpotʼda eng katta mukofotni qo‘lga kiritish uchun ishtirokchilar 1 dan 50 gacha bo‘lgan beshta raqam hamda 1 dan 12 gacha bo‘lgan ikki qo‘shimcha raqamni aniq topishi kerak bo‘ladi.

Bu galgi yutuqli kombinatsiya 5, 11, 23, 33 va 42 raqamlari hamda qo‘shimcha 10 va 12 raqamlaridan iborat bo‘lgan. Avvalgi 13 ta tirajda hech kim asosiy sovrinni yutmagani sababli jyekpot miqdori 120 million yevroga yetgan.

Shuningdek, Germaniyada ham bir nechta ishtirokchi 4 million yevrodan yutgan. Bunday yutuqlar Shimoliy Reyn — Vestfaliya, Saksoniya va Tyuringiya hududlarida qayd etilgan. Norvegiyalik bir ishtirokchi ham shuncha miqdorda mukofot olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eurojackpot lotereyasida barcha raqamlarni to‘g‘ri topish ehtimoli 140 milliondan birga teng.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid