Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: AQSh Rossiya harbiy mashg‘ulotlarini jiddiy kuzatmoqda
Qo‘shma Shtatlar Rossiya qurolli kuchlarining «Kavkaz-2016» harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik jarayonini jiddiy ravishda kuzatmoqda. Chunki, bu mashg‘ulotlar bevosita Ukraina bilan chegara yaqinida amalga oshiriladi, degan Pentagon rasmiy vakilasi Mishel Baldansa.
«Rejalashtirilgan «Kavkaz-2016» mashg‘ulotlari munosabati bilan biz vaziyatni kuzatib borayapmiz»,— deya Pentagon vakilasi so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
AQSh harbiy ma'muriyatiga ko‘ra, Rossiya ushbu o‘quv amaliyotlari bilan Ukrainadagi vaziyat e'tiborga olinsa, mintaqadagi barqarorlikka rahna solmoqda.
«Biz, rasmiy Moskvani mintaqadagi keskinlikni pasaytirish uchun choralar ko‘rishga, xususan Minsk kelishuvlari ijrosida amaliy ishtirok etishga undaganmiz»,—degan Baldansa.
Eslatib o‘tamiz, «Kavkaz-2016» strategik shtab-qo‘mondonlik mashg‘ulotlari 2016-yil sentabr oyida Janubiy harbiy okrugda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:57 / 15.02.2026
Frontdagi vaziyat: Ukraina Zaporijjya oblastida qarshi hujumga o‘tdi
11:00 / 15.02.2026
«Putin shoh emas, urushning quli» – Zelenskiy
23:24 / 14.02.2026
Pentagon dronlarni elektromagnit impuls yordamida ishdan chiqarish yo‘lini topdi
15:28 / 14.02.2026