Jahon | 22:57 / 26.08.2016
16230
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Rossiyani AQSh uchun bosh muammo deb atadi

Rossiya Xitoy, Shimoliy Koreya, Eron va IShIDni ortda qoldirib, AQSh uchun 5 ta bosh muammo ichida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Pentagon rahbari Eshton Karter aytdi. Karter shuningdek AQSh "noma'lum kelajakka" va u keltirishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga tayyor turishi kerakligini aytdi.

"Bugun bizning buyuk millat oldida kamida 5 ta muammo turibdi: bulardan birinchisi – Rossiya tomonidan bildiriladigan tajovuz va zo‘ravonlikni qo‘llashga qarshi turishdir, ayniqsa Yevropada", deb aytdi Karter. 

Karterning aytishicha, ikkinchi muammo "jahon aholisining yarmi yashaydigan va jahon iqtisodiyotining yarmi harakat qiladigan, hayotiy muhim Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi tarixiy o‘zgarishlarni uddalay olish" zarurati hisoblanadi. 

"Xitoyning o‘sishi – bu ajoyib, biroq uning tajovuzkor harakati – yo‘q", deb ta'kidlab o‘tdi Karter.

Karter AQSh oldida turgan muammolar orasida "Shimoliy Koreya tomonidan yadroviy va ballistik ig‘volar oldida imkoniyatlarni kuchaytirish" zarurati, Eron tajovuzi va Eronning Fors ko‘rfazi mintaqasiga ta'sirini monitoring qilish hamda terrorchilikka karshi kurashish bor. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid