Rossiya hukumati Davlat dumasiga Jinoyat kodeksining yana bir qator moddalari böyiça ayblanayotgan yoki jazo ötayotgan şaxslarga Mudofaa vazirligi bilan şartnoma asosida harbiy xizmatga kiriş imkonini beruvçi qonun loyihasini taqdim etdi. Hujjat parlament quyi palatasi saytida e’lon qilingan.
Qonun loyihasiga köra, safarbarlik, harbiy holat yoki uruş vaqtida bir qator oğir jinoyatlarda ayblanayotgan yoki sudlangan şaxslar ham harbiy xizmat töğrisida şartnoma tuziş huquqiga ega bölişi mumkin.
Jumladan, mazkur huquqni banditizm, jinoiy uyuşma faoliyatida iştirok etiş, narkotik moddalar kontrabandasi (uyuşgan jinoiy guruh tomonidan sodir etilgan holatlar bundan mustasno), noqonuniy migratsiyani taşkil etiş, yadroviy va radioaktiv materiallarni noqonuniy saqlaş yoki sotib oliş, uşbu materiallarni talon-toroj qiliş yoki tovlamaçilik yöli bilan qölga kiritiş, naqd pul kontrabandasi hamda davlat sirini öz içiga olgan hujjatlarni yöqotiş kabi jinoyatlar böyiça ayblanayotgan şaxslarga ham beriş taklif etilmoqda.
Hukumatning tuşuntiriş xatida mazkur taşabbusni amalga oşiriş uçun «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi federal qonunning 34-moddasi hamda Rossiya Jinoyat kodeksining 78-moddasiga özgartiş kiritiş zarurligi qayd etilgan.
Hujjat mualliflarining ta’kidlaşiça, qonun qabul qilinişi davlat dasturlari ijrosiga yoki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir körsatmaydi.
Sönggi oylarda Rossiya hukumati kontrakt asosida xizmat qiluvçilar sonini köpaytiriş uçun turli çoralarni amalga oşirmoqda. May oyi oxirida prezident Vladimir Putin yangi kontraktçilarning qarzlarini hisobdan çiqarişga oid qonun amal qiliş muddatini uzaytirgan edi.
Şuningdek, Rossiya fuqarolarini Ukrainadagi uruşga jalb qiliş uçun Belarus va Xitoy hududlarida «maxsus harbiy operatsiya ortidagi işlar» haqidagi böş iş örinlari orqali tarğibot olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Penza viloyatida esa mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, harbiy komissariatlar erkaklarni ommaviy tekşiruvdan ötkazib, ularni Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşga undagan.
Bundan taşqari, Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi harbiy xizmat böyiça şartnoma imzolagan abituriyentlarni öz hisobidan öqitişini ma’lum qilgan. Rus tilidagi qator naşrlar esa mamlakatda yangi safarbarlik bölişi ehtimoli haqida yozmoqda.
Rossiyada 2022 yil sentabrida e’lon qilingan qisman safarbarlik rasman bekor qilinmagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq prezidentning tegişli farmoni hozirga qadar amalda ekanini, u Qurolli kuçlar faoliyati bilan boğliq boşqa vazifalarni ham tartibga solişini bildirgan.








