Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi kömagida oğir ahvolga tuşib qolgan A.S. uç nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Özbekistonga qaytarildi.
Ma’lum qilinişiça, fuqaro elçixonaning konsullik bölimiga murojaat qilib, 15 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya hududida qonuniy maqomsiz yaşab kelgani, şaxsiy hujjatlari va moliyaviy imkoniyatlari yöqligi sababli farzandlariga munosib şaroit yaratib bera olmayotganini bildirgan hamda vatanga qaytişda amaliy yordam söragan.
Konsullik bölimi xodimlarining tezkor çora-tadbirlari natijasida Rossiyaning tegişli davlat idoralari bilan hamkorlikda ayolning uç nafar farzandi uçun tuğilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylaştirildi. Şuningdek, konsullik yiğimlari undirilmagan holda ularga Özbekistonga qaytiş uçun zarur bölgan qaytiş guvohnomalari berildi.
Bundan taşqari, Özbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi kömagida ayol va uning farzandlari uçun Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva–Urganç yönalişi böyiça aviaçiptalari xarid qilinib, ularning vatanga xavfsiz qaytişi ta’minlandi.
Qayd etilişiça, uşbu amaliy yordam xorijda qiyin vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolarini qöllab-quvvatlaş va ularning vatanga xavfsiz qaytişini ta’minlaş böyiça olib borilayotgan işlar doirasida amalga oşirildi.












