Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin bir guruh generallarni lavozimlaridan bo‘shatdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 nafar generalni o‘z lavozimidan bo‘shatdi.
Ta'kidlanishicha, Putin Rossiya Tergov qo‘mitasining ikki generali – Tergov qo‘mitasi faoliyatini ta'minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Vitaliy Frolov va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida protsessual nazorat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dmitriy Shershakovni o‘z lavozimidan ozod etish haqidagi farmonni imzoladi.
Bundan tashqari, Boshqordiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Vyacheslav Andreyev, Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Vadim Antonov, Rossiya ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Vasiliy Bikadorov, Orenburg viloyati fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari bosh boshqarmasi boshlig‘i Pyotr Ivanov, Rossiya ichki ishlar vazirligi tashqi qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksey Laushkin, Tambov viloyati tergov boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Tiskovskiy o‘z lavozimidan chetlatildi.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
10:45 / 18.07.2026
Rossiyada harbiy xizmat uchun mahkumlar doirasini kengaytirish taklif etildi
10:20 / 18.07.2026
Hujjatsiz qolgan ayol va uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
09:30 / 18.07.2026