Ukraina rasmiylarining ma’lum qilişiça, Rossiya Qurolli kuçlari 17 iyul kuni mamlakatning bir qator hududlariga ommaviy zarbalar berdi. Hujumlar Xarkiv, Dnipropetrovsk va Çernihiv viloyatlari hamda Odessa va Mikolayiv şaharlarini qamrab oldi.

Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning bildirişiça, Xarkiv şahri raketa zarbasiga uçraşi oqibatida 40 yoşli erkak halok bölgan. Töqqiz kişi, jumladan 2 va 7 yoşli ikki nafar bola jarohat olgan. Hujum tufayli şahar markazidagi turar joy binolariga ham zarar yetgan.

Şuningdek, Xarkiv viloyatining Izyum şahriga Rossiya aviatsiyasi tomonidan boşqariladigan aviatsiya bombasi taşlangan. Bu hujum oqibatida yetti kişi, jumladan uç nafar voyaga yetmagan bola jarohatlangan.

Dnipropetrovsk viloyati ham bir sutka davomida kuçli hujumlarga duç keldi. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganjaning ma’lum qilişiça, Rossiya harbiylari hududga qariyb 40 marta dron va aviatsiya bombalari bilan zarba bergan. Hujumlar natijasida 48 yoşli erkak halok bölgan, yana ön kişi jarohatlangan.

Çernihiv viloyatining Novgorod-Severskiy şahrida esa dron turar joy binosiga urilgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga köra, bir oilaning beş nafar a’zosi, jumladan 2009, 2014 va 2019 yillarda tuğilgan uç nafar bola jabrlangan.

Odessa şahri ham 17 iyul kuni hujumga uçradi. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiperning bildirişiça, zarbalar oqibatida 77 yoşli pensioner halok bölgan. Şuningdek, şahar port infratuzilmasi raketa zarbalariga uçragan, tört kişi jarohatlangan. Hujumlar natijasida sanoat obektlari va bir neçta avtomaşinaga ham zarar yetgan.

Mikolayiv şahrida esa dronlar port infratuzilmasiga hujum qilgan. Viloyat prokuraturasi ma’lumotiga köra, hodisa oqibatida ikki kişi halok bölgan. Şuningdek, xorijiy bayroq ostida qatnovçi uçta fuqarolik kemasiga zarar yetgan.

17 iyulga ötar keçasi Rossiya aviatsiyasi Sumi şahriga ham kamida beş marta boşqariladigan aviatsiya bombalari bilan hujum qilgan. Zarbalar şaharning bir neçta tumanidagi fuqarolik infratuzilmasiga töğri kelgan. Jumladan, şahar markazidagi obektlar, köp qavatli noturar bino hamda atrofdagi inşootlarga zarar yetgan, köplab binolarning oynasi singan.

Ukraina rasmiylarining ta’kidlaşiça, sönggi vaqtlarda Sumi şahri va uning atrofi deyarli har kuni Rossiya zarbalariga uçramoqda. 15 iyul kuni ham şaharga oltita boşqariladigan aviatsiya bombasi taşlangan edi. Öşanda uç kişi halok bölib, 21 kişi jarohatlangan, tibbiyot muassasalari, turar joylar, infratuzilma va ma’muriy binolarga katta zarar yetgan.