Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tekin mahsulot insonlarni ne ko‘yga soladi?
Birorta mahsulotning taqdimoti yoki kompaniya mahsulotlarining ko‘rgazmasi o‘tkazilsa, albatta dasturxon yoziladi, noz-ne'matlar tortiq qilinadi. Tekin buterbrod, sharbatlar yoki kantselyariya buyumlari taqdim etilsa, odamlarning holini ko‘ring... To‘g‘risini aytganda, bunday holatni kuzatish juda yoqimsiz va achinarli.
Bundaylarga qarab o‘ylanib qolasan kishi: shu qadar och qolganmikan? Ba'zilar 3-4ta bir xil mahsulotni (kichik mahsulot) sumkalariga solishgacha borib yetishadi.
Moskva xalqaro avtosaloni. Jurnalistlar kuni. Har yarim soatda turli stendlarda taqdimotlar bo‘lmoqda. Olomon bir stenddan boshqasiga qarab harakatlanmoqda, taqdimotni kuzatmoqda va u tugashi bilan darhol taqdimot buyumlari solingan paketlarga yopishmoqda, xuddi boshqalardan o‘zib ketishi kerakdek biryo‘la 2-3tasini olishmoqda, keyin esa qo‘llarida paket bilan dasturxonga qarab chopishmoqda - buterbrodlar, ichimliklar... Yeb-ichib qolish kerak, axir!

Kunduzgi soat 12. Bu bir kun ichidagi oltinchi taqdimot - oltinchi marta yeguliklar tarqatilishi bo‘lsa-da, hamma och.

Dasturxondan tortib ketishmasidan paketni olib, narsalarni solib, yeb-ichib, dasturga qarab, keyingi stendga o‘tish kerak, u yerda ham xuddi shu holat takrorlanadi...

Odamlarning kiyimlariga e'tibor bering va yegulik uchun navbatda turganlarni taqqoslang - o‘sha-o‘sha kishilar.

10 daqiqadan so‘ng ahvol mana bunday - ichidan hamma narsa olingan bo‘sh paketlar, tashlab ketilgan risolalar, matbuot relizlari... Paketni bular uchun olishmagan-da! Bu qog‘ozlarning keragi yo‘q.

Asosiysi - yeguliklar va sovg‘a-salomlarni qo‘ldan boy bermaslik. Mana ko‘rgazma va tadqiqotlarning salbiy tomonlari.

Bunday holatlar o‘zimizda ham bisyor. Biror yangi do‘kon ochilishi yoki mahsulotlar taqdimotida tekin desa, chopadiganlar talaygina. Nega shunday? Qorin ochligidanmi yo ko‘z ochligimi bu? Xulosa chiqarish o‘zingizdan, shunchaki buning tashqaridan naqadar ayanchli manzara hosil qilishiga o‘zingiz ishonch hosil qiling.
Manba: [email protected] (aquatek_filips)
Mavzuga oid
14:23 / 25.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi
09:24 / 06.11.2025
Dunyo rekordiga yaqin: 1200 yildan ortiq faoliyatga ega kompaniyalar
17:22 / 21.10.2025
AQShda ikkita yirik avtomobil kompaniyasi bankrot bo‘ldi: bu moliyaviy tizim uchun yangi ogohlantirishmi?
10:46 / 13.10.2025