First Brands Group avtomobil ehtiyot qismlari işlab çiqaruvçi global kompaniya bölib, filtrlar, tormoz tizimlari va yoritiş elementlari kabi mahsulotlar yetkazib berardi. 29 sentabr kuni u AQŞda “Chapter 11” bankrotlik himoyasi uçun ariza berdi. Kompaniya majburiyatlari 10 milliard dollardan oşgan, aktivlari esa atigi 1-10 milliard dollar oraliğida baholangan.
Bankrotlikning asosiy sababi sifatida ortiqça qarz yuki va agressiv kengayiş siyosati tilga olinmoqda. First Brands sönggi yillarda bir neçta raqobatçi kompaniyalarni sotib olgan, bu esa kredit yukini keskin oşirgan. Şuningdek, kompaniya balansdan taşqari moliyalaştiriş (off-balance sheet financing) va faktoring mexanizmlaridan haddan taşqari foydalanib, özini likvid deb körsatgan. AQŞ Adliya vazirligi (DOJ) kompaniya atrofida tergov boşlab, 2,3 milliard dollarga yaqin mablağ yöqolganini, ayrim aktivlar esa bir neçta marta garovga qöyilganini aniqlagan.
Oradan köp ötmay, sub-prime (kredit reytingi past) segmentda faoliyat yuritgan Tricolor Holdings ham “Chapter 7” böyiça töliq tugatiliş jarayonini boşladi. Kompaniya asosan AQŞda bank hisobraqamiga ega bölmagan, asosan ispan tilida sözlaşuvçi aholiga möljallangan avtomobil kreditlari va ijarasi bilan şuğullangan. U öz faoliyatini aktivlarga asoslangan qimmatli qoğozlar (ABS) orqali moliyalaştirgan, biroq yuqori darajadagi risklar va kredit tölovlarining keçikişi tufayli defoltga uçradi.
Tricolor bankrotligi natijasida ayrim banklar sezilarli yöqotişlarga duç keldi. Masalan, Fifth Third Bancorp 178 million dollar zarar haqida e’lon qildi. JPMorgan Chase rahbari Jyeymi Dimon bu holatni “yaşirin qarz sektoridagi kengroq muammolarning boşlanişi” deb atadi va “agar bitta muammo körinsa, demak yana boşqalari ham çiqadi” deya ogohlantirdi.
Ekspertlarning fikriça, ikki kompaniyaning qulaşida umumiy jihatlar bor: ular rasmiy bank tizimidan taşqarida faoliyat yuritgan, kredit risklarini ikkilamçi bozorlarda yaşirgan va regulyatorlar uçun şaffof bölmagan tuzilmalardan foydalangan. The Washington Post yozişiça, bu jarayonlar 2007–2008 yillardagi ipoteka inqirozini eslatmoqda va hozirgi “xususiy kredit” sektori yetarli nazorat qilinmayotganidan darak












