Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Formula-1" chempioni Belgiya gran-prisida 55 o‘rin bilan jazolandi
"Formula-1" poygasining amaldagi chempioni, Mercedes poygachisi Lyuis Xemilton Belgiya gran-prisining start to‘rida 55 o‘rin bilan jazolandi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar bermoqda.
Dastlab Xemilton 26 avgustda birinchi amaliyotdan keyin 15 o‘rin va 2-amaliyotda dvigatel komponentlariga o‘zgartirish kiritgani uchun 15 o‘rin bilan jazolandi.
Britaniyalik start to‘rida oxirgi o‘ringa tushib ketdi, chunki poygada hammasi bo‘lib 22 ta mashina ishtirok etadi. Shu sababli jamoa mexaniklari mashinani yaxshiroq tayyorlash uchun bir qator o‘zgartirishlar qilishdi. Bu poygachining startdagi pozitsiyasiga baribir ta'sir qilmasligi sababli u yana 25 o‘ringa jazolandi. Natijada umumiy jarima 55 o‘rinni tashkil qildi.
Avvalroq shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra McLaren poygachisi Fernando Alonso ham 35 o‘ringa jarimaga tortilgandi. Shu tariqa ular poygada oxirgi qatordan start oladigan bo‘ldilar.
Xemilton "Formula-1"ning 3 karra chempioni hisoblanadi (2008, 2014, 2015). Joriy mavsumda 31 yoshli poygachi 217 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinda uning jamoadoshi Niko Rosberg (198 ochko), 3-o‘rinda Rikkardo (133 ochka) bormoqda.
Mavzuga oid
12:21 / 09.05.2026
MJtK butkul qayta ko‘rib chiqiladi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
20:40 / 04.05.2026
96 ming so‘mlik harakat uchun 140 mlrd so‘m jarima - mutaxassis tadbirkorlarni bankrot holatiga olib kelayotgan markirovka jarimalari haqida
10:38 / 21.04.2026