Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Rossiya va AQSh harbiylari Suriya bo‘yicha kelishuvga ega emas
Ayni vaqtda, AQSh va Rossiya harbiylari o‘rtasida Suriyada hamkorlik qilish bo‘yicha hech qanday kelishuv mavjud emas, deya ma'lum qilgan Pentagon rasmiy vakili Piter Kuk.
RIA «Novosti» agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Jon Kerri ishtirokida o‘tkazgan matbuot anjumanida, Suriya inqirozi bo‘yicha AQSh bilan aloqalarni kuchaytirishga oid kelishuvga erishilganini aytgandi. Bu esa, Rossiyaning Suriyadagi harbiy kuchlari qo‘mondonligi va AQShning Iordaniyadagi qo‘shinlari qo‘mondonligi o‘rtasida aloqalarni ham ko‘zda tutadi.
«Uzoq muddatli qarorlar borasida ayrim ziddiyatlar bartaraf etildi, ammo davlat kotibi aytganidek, hal qilish lozim bo‘lgan savollar qolmoqda. Hozircha, kelishuv yo‘q», — deya xulosa qilgan Kuk.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
10:02 / 13.06.2026