Jahon | 09:12 / 27.08.2016
3724
1 daqiqa o‘qiladi

Tunis parlamenti yangi hukumat tarkibini tasdiqladi

Arxiv surat

Tunis parlamenti Yusuf Shahid boshliq yangi hukumatga ishonch votumi topshirishni ovozga qo‘ydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, votumni parlamentning 217 a'zosidan 167 nafari tasdiqlagan.
Yangi bosh vazir o‘zining juma kungi chiqishida hukumat milliy iqtisod ni oshiruvchi qat'iy chora-tadbirlarni amalga oshirishi va yangi ish o‘rinlari yaratishini ma'lum qildi.

Agentlikning tasdiqlashicha, Shahid mamlakat tarixidagi eng yosh bosh vazir hisoblanadi. Uning yoshi 41 da.

Bundan avval u Tunis tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid