Jahon | 19:38 / 28.08.2016
5896
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiya 2016 yilda boshqa birorta qochqinni qabul qilmasligi aytildi

Chexiya joriy yilda Yevropa Ittifoqi va Anqara o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra Turkiyadagi birinchi 80 nafar qochqinni qabul qilishi kerak edi, lekin buni qilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Chexiya ichki ishlar vaziri Milan Xovanets ma'lum qildi. 

Bunga sabab Chexiya maxsus xizmatlari muhojirlarni sinchkovlik bilan tekshirayotganidir, buning uchun esa anchagina vaqt talab qilinadi.  

"Xavfsizlik nuqtai nazaridan qochqinlar juda chuqur tekshirilmoqda va ko‘rinishicha, bu jarayon yil oxirigacha yakunlanmaydi. Shuning uchun biz yil oxirigacha birorta muhojirni qabul qilishimiz dargumon", deb aytdi respublika televideniyesidagi chiqishi vaqtida Xovanets.

Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra Chexiya 3 yil ichida 3 ming muhojirni qabul qilishi kerak.

Vazir noqonuniy muhojirlarning Germaniyada nazoratsiz qabul qilinishini "falokatli" deb atadi va bunday holat Chexiyada hech qachon yuz bermasligini aytdi. "Yevropa xaritasida Chexiya qizil rang bilan belgilangan. Muhojirlar bu yerda yevropacha huquq amal qilishini biladilar va agar ular chegarani noqonuniy kesib o‘tsalar, unda darholoq izolyatorga tushadilar", deb ta'kidlab o‘tdi Xovanets.

Xovanets, shuningdek, Turkiyada yaqindagi davlat to‘ntaruviga urinish va Suriyadagi harbiy operatsiyadan keyin vaziyat beqarorligini eslatib o‘tdi. "Men turklar Suriya foydasiga harakat qilmay, o‘zining kurdlar bilan muammosini hal qilayapti, deb gumon qilmoqdaman. Turkiya hozirda kurdlarga nisbatan yarayotgan keskinlikning avj olishi hozirda 2,7 mln muhojir bo‘lgan Turkiyaning o‘zida beqarorlikka olib kelmasa edi, deb xavotirlanmoqdaman", deb qo‘shimcha qildi Xovanets.

 

Mavzuga oid