Germaniya hukumati: Mamlakatga qochqinlar oqimi kamaygan
Germaniya migratsiya ishlari muasssasasi rahbari Frank-Yunger Vays Bild nashriga ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati yil oxirigacha Yaqin Sharq mamlakatlaridan 300 mingga yaqin muhojir va qochqinni qabul qilishni rejalashtirmoqda.
«Biz bu yil 250 mingdan 300 minggacha qochqinni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Mamlakat hududiga katta miqdordagi odamlarning kelishi ehtimoli kam», — deb ta'kidlagan Vays.
«Agar ko‘proq kelishsa, biz bosim ostida ishlay boshlaymiz, lekin 2015 yilning yozidagi holat takrorlanmaydi», degan u.
O‘tgan yilda Germaniyaga Yaqin Sharq, Afg‘oniston va Afrikadan milliondan ortiq qochqin kelgandi.
GFR IIV ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida boshpana so‘rab 390 mingdan ortiq kishi murojaat qilgan. Ulardan qanchasi 2016 yilgacha, yana qanchasi 1 yanvardan keyin Germaniyaga kelgani ma'lum emas.
Bild nashri ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Germaniyadan boshpana so‘ragan jami 530 mingdan ortiq kishini murojaati ko‘rib chiqilmoqda.
Germaniyada sentabr oyi o‘rtalarida yirik nemis kompaniyalari rahbarlarining Angela Merkel bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda kansler ularga qochoqlarni ko‘proq ishga qabul qilishga chaqirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 18.08.2024
Bir kun ichida 500 ga yaqin noqonuniy muhojir qayiqlarda Buyuk Britaniyaga kirib keldi
23:02 / 01.12.2022
Shols Bundesverda o‘q-dori tanqisligi yuzaga kelganini tan oldi
07:20 / 30.11.2022
Germaniya Ukrainaga 65 million yevro va generatorlar ajratadi
12:03 / 26.11.2022