Shotlandiyada mast holatda reys amalga oshirmoqchi bo‘lgan uchuvchilar ushlandi

Foto: © AP
Shotlandiya politsiyasi 27 avgust kuni United Airlines aviakompaniyasining mast holatda Glazgodan Nyuarkka (AQSh, Nyu-Jyersi shtati) reys amalga oshirmoqchi bo‘lgan ikki uchuvchisini ushladi. Bu haqda 28 avgustda Press Association axborot agentligi ma'lum qildi.
Aeroport xodimlari uchuvchilar mast holatda ekanligini payqab qolishgan. Shundan keyin huquq-tartibot muassasalari xodimlari chaqirtirilgan. "Shotlandiya politsiyasi 34 va 45 yoshdagi ikki erkak hibsga olingani tasdiqlay oladi. Ayni vaqtda ular politsiya bo‘limida "Transport xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonunning 93-moddasini buzganlik gumoni bilan hibsda ushlanib turibdi", deb aytildi politsiyada.
Aviakompaniya o‘z uchuvchilarining hibsga olinganini tasdiqladi va "ularni xizmat majburiyatlaridan chetlatganini" e'lon qildi.
Shotlandiyadan AQShga yo‘l oladigan UA162 reysiga 141 yo‘lovchi ro‘yxatga olingan bo‘lgan. Samolyot uchuvchilar almashtirilgandan keyin o‘z manzili tomon uchib ketgan.
29 avgustda uchuvchilar Peysli shahri sudi oldida javob beradilar. Amaldagi me'yorlarga ko‘ra, uchuvchilar chiqaradigan 100 millilitr havoda 9 mikrogrammdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda spirt bo‘lishi kerak.
Xuddi shunday holat Glazgo aeroportida 18 iyulda ham sodir bo‘lgandi. Kanadaning Air Transat aviakompaniyasining ikki uchuvchisi mast holatda ushlangandi. Ular boshqarishi kerak bo‘lgan samolyot Torontoga uchishi kerak bo‘lgan. Uchuvchilar mutassadilarga pasportlarini topshirganlaridan keyin garov puli evaziga qo‘yib yuborilganlar.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

21:37 / 17.04.2025
Tramp Federal zaxira tizimi rahbarini iste’foga chiqarishga chaqirdi

19:04 / 17.04.2025
AQShda samolyot dvigatelga yovvoyi quyon kirib ketishi sabab favqulodda qo‘ndirildi

17:01 / 17.04.2025
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda

12:46 / 17.04.2025