Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Mudofaa vaziri mamlakatda terroristik xavf darajasi o‘cib borayotganini qayd etdi
Shveytsariya Mudofaa vaziri Gi Parmelen ma'lum qildiki, mamlakatda terroristik xavf darajasi o‘sib bormoqda.
"Fransiya, Belgiya, Germaniya va Yevropaning boshqa hududlarida yuz bergan teraktlarni aytmaganda ham tadqiqotlar Shveytsariyada terroristik xavf darajasi oshib borayotganini ko‘rsatmoqda", deya Parmelenning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Vazir vaziyatni baholash ishlari davom ettirilishini ta'kidlagan.
Uning qayd etishicha, Shveytsariya terroristik guruhlarga qarshi kurash olib bormayotgan bo‘lsada, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning delegatsiyalari uchrashuvlar o‘tkazadigan mamlakat hisoblanadi va shu sababdan bu mamlakatga tahdid mavjud.
"Biz bu davlatlarning diplomatik missiyalariga oid ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlashga mas'ulmiz, shu bilan birga mamlakat fuqarolari xavfsizligini ta'minlashga ham", degan vazir.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026