Texnologiya | 08:44 / 29.08.2016
8798
6 daqiqa o‘qiladi

Boshqa gadjyetlar: LG masalaning yechimini topdi

Texnologiyalar zamonamiz kishilari hayotini qaysi tomonga o‘zgartirganligi borasida bahs ketganda, matematik Yan Malkolmning “Yura davri parki” romanida keltirilgan so‘zlar yodga tushadi: “Texnika sohasidagi yangiliklarga qaramay, ayollar uy ishlariga sarflaydigan vaqt 1930 yildan beri qisqarmagan. Vakuumli changyutgichlar, kir yuvish va quritish mashinalari, oshxonadagi ishlarimizni yengillashtirishga mo‘ljallangan texnikalar... Ishni yengillashtirishi kerak bo‘lgan shuncha texnika yaratilgan bo‘lsa ham, nima uchun  ayollarning uy yig‘ishi uchun hali-hanuz buvilarimiz zamonidagidek ko‘p vaqt sarflanmoqda?” Buning javobi oddiy: hozirgi hayot tarzida uy ishlariga yangi texnika turlarisiz  bir necha barobar ko‘p vaqt ketgan bo‘lardi.

Texnologik bum – “talab taklifni yuzaga keltiradi” formulasiga yaqqol misol. Bizning muammolarimiz, istaklarimiz va shijoatimiz – yangi uskunalar, asessuarlar va ularning ko‘plab modifikatsiyalarining bosh buyurtmachilari. Har yili Berlinda o‘tkaziluvchi IFA dunyodagi eng qadimiy va yirik maishiy texnika ko‘rgazmasi nafaqat ko‘rkam texnika shousi bo‘ldi, balki qaysidir ma'noda kundalik muammolarni hal qilish va natijalarga erishishda tanlovlar kolleksiyasiga aylandi. O‘z vaqtida televizor, audiokasseta va hokazolarning prototiplari aynan shu yerda ilk marta namoyish etilgan. 

Texnologiyalarning o‘ziga xosligi

Joriy yilda yuqori sifatli maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo yetakchisi bo‘lgan LG Electronics kompaniyasi LG Signature brendi ostida ajoyib televizorlar, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, havo tozalagichlar, oshxona plitalari va idish-tovoq yuvuvchi mashinalarni namoyish qildi. LG Signature’ning paydo bo‘lishi kvartirani yasatishda turli kelishmovchiliklarga chek qo‘yadi. Barcha uskunalarning yagona vizual konsepsiyasi (ularning safi muntazam ravishda kengayib boradi) ko‘rinish va texnologik jihatdan haqiqiy uyg‘unlikni kasb etadi. 

Kompyuter soat ichida 

LG Watch Urban 2 smart soatlari yoki aqlli soatlar internetning millionlab foydalanuvchilari istaklarini ro‘yobga keltirdi - 3G va 4G’li Android-platformalar, shu bilan birga eng yangi mobil funksiyalarga ega to‘liq to‘plam qo‘lingizdagi soat ichida mujassamdir. Hozircha qurilma smartfon bilan bog‘liq bo‘lsa-da, tez orada kompaniya muhandislari aqlli soatlarning butkul avtonomligi hamda kengaytirilgan imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga va'da berishmoqda. 

“O‘nlab qo‘llar” effekti

LG Tone Ultra garniturasining bozorda paydo bo‘lishi musiqasevarlar va doimiy aloqada bo‘lishi kerak bo‘lganlarning azaliy muammosiga chek qo‘ydi: yo monotovush bilan cheklanish yoki yoqish, o‘chirish va suhbatlashish uchun muntazam qo‘ldan foydalanish. Vakuum quloqchinli stereo-garnituralar bo‘yinga taqiladi. Bu yangi qurilma tufayli quloqchinlarning simini izlashga hojat qolmaydi. Birgina harakat va siz aloqadasiz! Undan keyin esa yana sevimli musiqangizni eshitishda davom etasiz. 

Ko‘p yillik tozalik

LG Centum kir yuvish mashinasi texnikaning uzoq vaqt xizmat qilishi borasida haqiqiy burilishni amalga oshirdi. Innovatsion modelni yaratgan muhandislar mahsulotning kafolatini rasman 20 yil, deya e'lon qilishdi. Bu degani - mashinadan to‘g‘ri foydalanilganda, u ikki barobar ko‘p vaqt xizmat qiladi. Gap nafaqat xaridorlarning pulini tejashda, balki texnikaning ekologik muhitga ijobiy ta'sirida hamdir. Kir yuvish mashinasida shovqin darajasining pasaytirilganligi va ichki mexanizmda tebranish hamda ishqalanishning minimallashtirilgani evaziga shunday effektga erishildi. 

Kompaniya Centum modelidan tashqari yana bir betakror mahsuloti – bir vaqtning o‘zida turli ikki siklni bajaradigan ilk kir yuvish mashinasi - Twin Wash’ni taqdim etdi. U ham atrof-muhitga juda kam ta'sir ko‘rsatadi. 

“Rezinali” smartfon

Gap qurilma yasalgan material haqida emas, balki uning imkoniyatlari haqida bormoqda. LG G5 SE yangi flagman modeli smartfonlarning imkoniyatlari haqiqatdan chegarasiz bo‘lishiga maksimal darajada yaqinlashdi. Qurilmaning olinadigan maxsus modullari telefonni osonlikcha manual boshqaruvli fotoapparat yoki stereo-dinamikali pleyerga aylantiradi. 

3D-kinoteatr divanda

LG kompaniyasi o‘z xaridorlariga barcha oila a'zolari televizor qarshisida yig‘ilib, yaxshi filmlardan baxra olgan qadrdon eski damlarga qaytish imkonini taklif qildi. Elektron qurilmada innovatsiyalarning ko‘pligi bu an'anani asta-sekinlik bilan orqaga suradi. Agar vaqtimizni zamonamiz muhandisligining yutuqlari orasida o‘tkazadigan bo‘lsak, buni aynan LG’ning OLED texnologiyali televizorlari qurshovida o‘tkazishimiz kerak. Keng ko‘lamli tasvir effekti, bugungi kundagi eng yuqori sifat kabi xususiyatlar film tomosha qilish jarayonini haqiqiy hissiyotli lahzalarga aylantiradi. Birlashtiruvchi televideniye komplektatsiyasiga to‘rt juft 3D-ko‘zoynaklari kiradi. Sizdan faqat bir joyga yig‘ilib, film tanlash va televizor qarshisiga qulay joylashib olish talab qilinadi. 

Reklama huquqi asosida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid