Jamiyat | 22:25 / 29.08.2016
7593
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 2007 yilgi yil o‘qituvchisi baholarni soxtalashtirishga qarshi chiqqani uchun haydaldi

Rossiya ta'limining faxriy xodimi, "Yil o‘qituvchisi-2007" tanlovining mutlaq g‘olibi, «Dinastiya» jamg‘armasining eng yaxshi o‘qituvchilari tanlovida «Yosh o‘qituvchi» nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan Dmitriy Gushin o‘quvchilar bahosini soxtalashtirishdan bosh tortgani uchun ishdan bo‘shatib yuborildi. Bu haqida «Komsomolskaya Pravda» nashri xabar berdi.

Imperator Aleksandr II nomidagi Petergof gimnaziyasining informatika fani o‘qituvchisi    Dmitriy Gushin jurnalda maktab direktori tomonidan to‘g‘irlangan "ikki"larni payqab qolib, bunga qarshi chiqqani uchun ishdan haydalgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ta'lim qo‘mitasi beparvo o‘quvchilarning baholarini to‘g‘rilashga buyruq bergan, maktab direktori esa o‘zining «mavqeli vazifa»larini hal etgan. Bu haqida Dmitriy Gushin o‘zining feysbukdagi sahifasida kerakli suratlar bilan ma'lum qilgan.  

"Mayning oxirida men gimnaziya direktori G. A. Nikitina sinf rahbarlari bilan kelishgan holda chorak, yarim yillik, yakuniy baholarni jurnalni o‘chirgan holda to‘g‘irlashganini sezib qoldim. Ayrim yozuvlar ostida direktor o‘z imzosi va ta'lim muassasasining muhrini  qo‘ygan. Direktor o‘qituvchilarga baholarni soxtalashtirishni bahor oyida maktabda tekshiruv o‘tkazib, past ko‘rsatkichni bartaraf etishni talab qilgan Ta'lim qo‘mitasi vakili buyurganini aytgan. Albatta, barchaga ma'lumki, Ta'lim qo‘mitasi baholarni qalbakilashtirishga buyruq bermagan, biroq direktor bilan munosabatlarni ham buzishni istamaydi. Direktor ommaviy firibgarlikni tashkillashtiradigan gimnaziyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ishtirok etish — bu o‘z vijdoninga qarshi borishdir", - deydi Dmitriy Gushin.

Gushin so‘zlariga ko‘ra, u jim o‘tirmadi va direktorga davlat maktabi —  «xususiy bozor» emasligini va bolalarni hujjatlar qalbakilashtirishga o‘rgatish nomaqbul ish ekanligini aytdi. Bundan tashqari, o‘qituvchi 31 may kuni «VKontakte»dagi sahifasida ismlarni oshkor qilmay, direktor medal oluvchi o‘quvchilar baholarini soxtalashtirayotganini ma'lum qilgan.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid