Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikiston avtotransport vositalari uchun yig‘imlarni oshirdi
O‘zbekiston hukumati shu yilning 1-sentabridan boshlab, Tojikiston hududidan avtotransport vositalarining kirishi va tranziti uchun yig‘imlar miqdorini oshirdi. Respublika Vazirlar Mahkamasi 19-avgust kuni «Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabridagi 274-sonli «Xorijiy avtotransport vositalarining kirishi, chiqishi va tranzitini nazorat qilishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qilgan.
Hujjatga muvofiq, 2016-yil 1-sentabridan O‘zbekiston davlat chegerasini o‘z tomonidan kesib o‘tuvchi Tojikiston yuk avtomashinalari va avtobuslari 180 dollar miqdorida qo‘shimcha to‘lovni amalga oshiradi. Qayd etilishicha, bungacha bu to‘lov miqdori 118 dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026
O‘zbekistonda moliyaviy jarimalar bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026