Jahon | 19:29 / 30.08.2016
6540
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: Arktika geosiyosiy o‘yinlardan xoli hudud bo‘lishi kerak

Foto: © RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonot berishicha, Arktika mintaqasi, turli harbiy bloklarning geosiyosiy o‘yinlari, turli xil maxfiy kelishuvlar va ta'sir doirasini belgilab olish kabilardan xoli hudud bo‘lishi lozim, deya xabar qilmoqda RF Xavfsizlik Kengashi matbuot xizmati. 

Putinning ta'kidlashicha, Rossiya uning milliy manfaatlariga rioya qilinganda Arktikani tinch yo‘l bilan o‘zlashtirish va boshqa davlat manfaatlarini hurmat qilishga tayyor. 

"Ishonchim komilki, Arktika umumiy va bo‘linmas xavfsizlik prinsiplari negizida ochiq va teng huquqli muloqot uchun maydon sifatida tan olinishi kerak. Bunda, harbiy bloklarning geosiyosiy o‘yinlari, yashirin kelishuvlar va ta'sir doirasi taqsimlab olinmaydi. Rossiya bundan keyin ham mazkur mintaqani o‘z milliy manfaatlariga rioya qilingan va boshqa davlatlarning manfaatlarini hurmat qilgan holda tinch o‘zlashtirish tarafdori bo‘lib qolaveradi", — deyiladi Arktika mamlakatlari kengashi uchrashuviga yo‘llagan maktubida. 


 

Mavzuga oid