Sport | 18:45 / 31.08.2016
6710
2 daqiqa o‘qiladi

Ayman Hakim: O‘zbekiston bilan bahs biz uchun katta sinov bo‘ladi

O‘zbekiston - Suriya uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Ayman Hakim qatnashdi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi. 

“Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Chunki O‘zbekiston terma jamoasi kuchli raqib. Ertangi bahs biz uchun katta sinov bo‘ladi. Shunga qaramay biz bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Sababi bu bosqichdagi har bir o‘yin, har bir ochko jamoalar uchun o‘ta muhim”

"Jamoada ikkinchi bosqichdan keyin katta o‘zgarishlar bo‘lmadi. Bir ikki yangi futbolchilar qo‘shildi. Ammo Suriya terma jamoasining o‘zagi o‘sha-o‘sha. Uchinchi bosqichda biz yangi kuchlar bilan o‘ynashimiz kerak bo‘ladi. Raqiblar darajasi juda kuchli".

Biz Tojikiston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Ularni hurmat qilgan holda shuni aytish kerakki, bu jamoa O‘zbekiston, Yaponiya yoki Koreya bilan teng saviyali emas. Bu o‘yinda biz yangi nomlarni sinovdan o‘tkazdik. Har bir o‘yinga alohida tarkib bilan tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘sha o‘yindagi futbolchilar ertaga ham maydonga tushadi demagan bo‘lardim", deydi Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid