Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 9 kishi to‘fon tufayli halok bo‘ldi
Yaponiyaga yopirilgan «Layonrok» to‘foni 9 kishini hayotdan olib ketdi. Ivate prefekturasidagi Ivaidzumi shahrida joylashgan qariyalar uyida daryolarning toshqinini keltirib chiqargan to‘fon oqibatida 9 nafar pensionerning jasadi aniqlandi. Bu haqda NHK xabar bergan.
Aniqlik kiritilishicha, qurbonlarning jasadlari mamlakat shimoli-sharqidagi Xonsyu orolidagi qariyalar uyidan topilgan. Qariyalar uyida yashovchilarning o‘limi sababi aniqlanmagan. Voqea joyida huquq-tartibot xodimlari ish olib bormoqda.
«Layonrok» to‘foni tufayli shu vaqtgacha 100dan ortiq reys bekor qilingan. Shuningdek, maktablar faoliyati vaqtinchalikka to‘xtatilib, aholi evakuatsiya qilingan.
Bundan oldinroq, mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe Xonsyu oroliga to‘fon yaqinlashayotgani sababli Keniyadagi tashrifini qisqartirgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:35 / 09.11.2025
Filippinda yaqinlashib kelayotgan tayfun sababli qariyb bir mln kishi evakuatsiya qilindi
13:40 / 05.11.2025
Filippinda «Kalmaegi» tayfuni oqibatida halokat bo‘lganlar soni o‘smoqda
00:31 / 16.09.2024
Shanxay aeroportlarida «Bebinka» tayfuni tufayli barcha reyslar bekor qilinmoqda
20:26 / 27.08.2024