Filippinda kamida 66 kişi «Kalmaegi» tayfuni oqibatida halok böldi, deya 4 noyabr kuni xabar berdi favqulodda holatlar böyiça idora. Yana 26 kişi bedarak yöqolganlar sirasiga kiritilgan.

Ofat keltirgan zarar kölamini kuzatgan harbiy vertolyot qulaşi natijasida olti kişi halok böldi. Qolgan qurbonlar toşqinlar, ağdarilgan daraxtlar va binolar vayronalari tufayli jon bergan. 430 mingdan ortiq kişi uylarini tark etişga majbur böldi.

Ofat mamlakatning eng yirik orol guruhlari — Luson, Visayas va Mindanaodagi 24 ta provinsiyaga ta’sir körsatdi. Köplab hududlarda elektr ta’minoti izdan çiqdi, önlab havo reyslari bekor qilindi.

Tayfun kuçli böron, şiddatli yomğir va köp metrli tölqinlar bilan keçdi. PAGASA Filippin gidrometeoxizmati ma’lumotiça, töfon susaygan, biroq şamol kuçi hanuz soatiga taxminan 180 kmga yetyapti.

Köplab aholi punktlarida köçalar batamom suv ostida qolgan, avtomobillar oqib ketgan yoki ağdarilgan, aholi esa saqlaniş uçun tomlarga çiqib olgan. Ayrim hududlarda vayronagarçilik ulkan kölamga ega.

Sinoptiklar ma’lumotiga köra, Filippinda «Tino» deb ataladigan «Kalmaegi» yetti marotaba quruqlikka kirib kelgan — sönggisi tong saharda Palavan provinsiyasining ğarbidagi El-Nido şahrida. Tayfun çorşanba yoki payşanba kuni mamlakat hududini tark etib, Vetnam tomon yönalişi kutilmoqda. Tailandning şimoliy hududlarida dam oliş kunlariga kuçli yomğirlar başorat qilingan.

Şu orada, meteorologlar ma’lumotiça, Filippinga yangi tropik siklon yaqinlaşmoqda. U juma yoki şanba kuni quruqlikka yetib kelib, dam oliş kunlari davomida soatiga kamida 240 km şamol tezligiga ega «super-tayfun»ga aylanişi mumkin.

Filippin har yili taxminan 20 ta tayfun ta’siriga uçraydi. Ular orasida eng vayronkori — 2013 yil noyabrida 6300 dan ortiq inson hayotiga zomin bölgan «Hayyan» tayfunidir.