Jahon | 12:53 / 31.08.2016
4180
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya prezidenti Russeff iste'foga chiqariladimi?

Braziliyalik senatorlarning yarmidan ko‘pi, davlat rahbari lavozimidan vaqtincha chetlatilgan Dilma Russeffga nisbatan impichmentni ma'qullashini bildirishdi. Yakuniy ovoz berish jarayonidan avval o‘tkazilgan munozaralarda, Milliy parlamentning yuqori palatasidagi 63 senatordan 43 nafari Russeffning iste'foga chiqarilishi uchun ovoz berishini ta'kidlashgan.

Impichmentga atigi 18 nafar senator oshkora qarshi fikr bildirgan. Qolganlar qanday qaror qabul qilishini aytishmagan. Umuman, Braziliya Federal senatida 81ta senatorlik kursisi mavjud. Jami senatorlarning 3/2 qismi impichment qarorini ma'qullasa, Russeff iste'foga chiqariladi. Bu holda, ayni vaqtda davlat rahbari lavozimini vaqtincha bajarayotgan vitse-prezident Mishel Temer, 2018-yil oxirigacha hokimiyat tepasida qoladi. 

Federal Senatdagi ovoz berish jarayoni 31-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da bo‘lib o‘tadi. Ana shu jarayon natijasi Russeff hokimiyat tepasida qolishiga oydinlik kiritadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid