Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng keksa kakadulardan biri 83 yoshida jon berdi
Chikago hayvonot bog‘ida Cookie laqabli pushti rang kakadu 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida The Washington Times ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, kakadu to‘tisimonlar turkumiga kiruvchi eng uzoq umr ko‘ruvchilardan bo‘lgan, zero bunday qushlar odatda 60-80 yilgacha yashaydi.
Chikago hayvonot bog‘ining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qush bu yerga 1 yoshida Avstraliya hayvonot bog‘idan keltirilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kakadu hayotining so‘nggi kunlarida o‘zini juda yomon his qilgan va ko‘plab kasalliklardan aziyat chekkan, shu bois hayvonot bog‘i ma'muriyati qushni uxlatib qo‘yish (zaharlab o‘ldirish)ga qaror qildi.
Hayvonot bog‘i ishchilarining aytishicha, insonlar qariganda qanday kasalliklarga duch kelsa, keksa kakadularda ham shunday – masalan, artrit, katarakta, osteoporoz va h.k.
Mavzuga oid
15:28 / 22.02.2026
Tashlab ketilgan maymun bolasi internet yulduziga aylandi
13:28 / 01.11.2025
Toshkent ko‘chalarida chiyabo‘ri: U qayerdan kelib qoldi?
11:50 / 10.10.2025
AQSh Milliy gvardiyasi Chikagodagi federal obektlarni qo‘riqlashni boshladi
09:59 / 06.10.2025