AQŞ prezidenti Donald Tramp Illinoys ştatining Çikago şahriga Milliy gvardiyaning 300 nafar askarini yuborişga ruxsat berdi. Bu haqda 4 oktyabr, şanba kuni Oq uy matbuot kotibi örinbosari Abigayl Jyekson ma’lum qildi.
Uning ta’kidlaşiça, bu federal xodimlar va mulkni himoya qiliş uçun qilinmoqda. «Prezident Tramp Amerika şaharlarini vayron qilayotgan qonunsizlikka köz yummaydi», dedi Jyekson.
AFP ta’kidlaganidek, Tramp bir neça haftalik tahdidlardan söng va mahalliy siyosatçilarning e’tirozlariga qaramay, şunday buyruq çiqargan.
AQŞ içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem avvalroq X ijtimoiy platformasida Çikagodagi huquq-tartibot idoralari xodimlariga «önta maşina, jumladan, yarim avtomatik qurol bilan qurollangan şaxslar hujum qilgani va ularning yölini tösib qöygani» haqida ma’lum qilgandi.
Noemning sözlariga köra, u «vaziyatni nazorat qiliş uçun» qöşimça maxsus kuçlarni joylaştirmoqda. «Qöşimça kuçlar yölda», dedi vazir.













