Jamiyat | 23:20 / 31.08.2016
7493
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Qozog‘iston prezidenti qarindoshi Rossiyada McDonald's’ning franshizasini sotib olmoqda

McDonalds

McDonald's restoranlari tarmog‘i Rossiyaning 13 viloyatidagi restoran va franshizalarni Qozog‘iston prezidenti qarindoshi va tadbikor Qayrat Bo‘ronboyevga sotishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, bitim yakunlangandan keyin Bo‘ronboyev Ural va Volgabo‘yi federal okruglaridagi 13 ta franshizaga egalik qiladi.

Bo‘ronboyev Qozog‘istonning eng boy odamlaridan hisoblanadi va Nursulton Nazarboyev bilan qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan: 2013 yilda Bo‘ronboyev qizi Olima Nazarboyevning nabirasiga turmushga chiqqan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid