Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Xitoyga dunyodagi eng katta samolyot uchun barcha huquqlarni sotib yubordi
Ukrainaning "Antonov" aviasozlik davlat kompaniyasi Xitoyning China Aerospace kompaniyasiga o‘ta og‘ir transport samolyoti An-225 "Mriya"ga texnologik hujjatlarni sotib yubordi. Bu haqda CCTV telekanali ma'lum qildi.
Ushbu bitim bo‘yicha muzokaralar may oyidan beri olib borilgan va bitim Pekinda 30 avgustda tuzildi. Ma'lum qilinishicha, kelishuv shartlariga ko‘ra, Xitoyga samolyotning chizmalari va spetsifikatsiyalaridan tashqari, dvigatellariga hujjatlar ham beriladi.
Telekanalning ta'kidlashicha, bu turdagi samolyot Xitoyda 2019 yilning birinchi yarmidayoq chiqishi mumkin.
May oyida "Antonov" vitse-prezidenti Aleksandr Kotsyuba Ukraina An-225’ni Xitoy bilan birgalikda seriyali tarzda ishlab chiqarishi mumkinligini ma'lum qilingandi.
An-225 "Mriya" ("Orzu") – o‘ta og‘ir transport mashinasi bo‘lib, dunyodagi eng katta samolyot hisoblanadi. 6 motorli samolyotning uchish og‘irligi 640 tonnani, foydali yuki og‘irligi 250 tonnani tashkil qiladi. Samolyot 1980-yillarda "Antonov" konstruktorlik byurosida loyihalangan va 1988 yil dekarbda birinchi marta havoga ko‘tarilgan. Ko‘p jihatdan An-124 "Ruslan" samolyoti bilan bir xillashtirilgan.
Samolyotning yagona nusxasi "Antonov"ga tegishli va "Avialinii Antonova" kompaniyasi tomonidan ishlatiladi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.05.2026
Zelenskiy: Ukraina bo‘yicha muzokaralarda Yevropa ishtirok etishi kerak
01:42 / 16.05.2026
“Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilmoqchi” - Zelenskiy
08:42 / 15.05.2026
Kiyevga yirik hujum: kamida 21 kishi halok bo‘ldi
22:20 / 14.05.2026