Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada O‘zbekiston–Rossiya maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi
2016 yilning 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi delegatsiyasi Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti direktori o‘rinbosari Andrey Frolov boshchiligida delegatsiya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2016-2017-yillar uchun mo‘ljallangan Hamkorlik dasturining tegishli qoidalarini amalga oshirish doirasida konsullik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, bir tomon fuqarolarining ikkinchi tomon hududidagi huquq va erkinliklarini himoya qilishning, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordamning amaliy jabhalari, amaldagi O‘zbekiston-Rossiya shartnomalarining bajarilishi muhokama qilindi.
Maslahatlashuvlar davomida tomonlarni qiziqtirgan O‘zbekiston va Rossiya qonunchiligida kuchga kirgan o‘zgarishlar yuzasidan ham ma'lumot almashildi.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026