Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boşliğidir va davlat hokimiyati organlarining kelişilgan holda faoliyat yuritişini hamda hamkorligini ta'minlaydi.
Asosiy Qonunning 90-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga öttiz beş yoşdan kiçik bölmagan, davlat tilini yaxşi biladigan, bevosita saylovgaça kamida 10 yil Özbekiston hududida muqim yaşayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi saylanişi mumkin. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasining Prezidenti bölişi mumkin emas.
91-moddada qayd etilganidek, Özbekiston Respublikasining Prezidenti Özbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va töğridan-töğri saylov huquqi asosida yaşirin ovoz beriş yöli bilan beş yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylaş tartibi Özbekiston Respublikasining Saylov qonuni bilan belgilanadi va unga muvofiq ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasining "Özbekiston Respublikasi prezidenti saylovi töğrisida"gi qonuniga muvofiq, mamlakat prezidenti saylovlarida Özbekistonning 18 yoşga tölgan fuqarosi iştirok eta oladi.
Prezident saylovida sud tomonidan layoqatsiz deb topilgan hamda sud hukmi böyiça ozodlikdan mahrum etilgan şaxslar ovoz beriş jarayonda iştirok eta olmaydi.
Saylovlarni ötkazişni Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi, uning okrug va uçastka saylov komissiyalari ta'minlaydi.
Saylov okruglari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hududida taşkil etiladi.
Davlat rahbari nomzodligiga siyosiy partiyalar öz nomzodlarini ilgari sura olişadi. Bunda, Özbekiston adliya vazirligi tomonidan saylov kampaniyasi boşlanişidan kamida 6 oy muqaddam röyxatga olingan siyosiy partiyalargina öz nomzodlarini ilgari suriş huquqiga ega.
Nomzodlarni ilgari suriş saylov kuniga 65 kun qolganda boşlanib, ovoz beriş jarayoniga 45 kun qolganida töxtatiladi.
Siyosiy partiyalarning oliy rahbarlik organlari nomzodlarni tasdiqlab, uni ilgari surişadi. Har bir partiyadan birgina nomzod ilgari surilişi mumkin. Şu bilan birga, siyosiy partiya öz a'zosi yoki partiyasiz nomzodni ilgari sura oladi.
Siyosiy partiya rahbari Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilib, öz nomzodini Özbekiston respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida röyxatga olişni söraydi.
Unga ilova qilingan hujjatlar orasida, nomzodni jami saylovçilarning 1 foizi miqdorida qöllab-quvvatlaganlarning imzosi töplangan hujjatlar ham havola qilinadi. Imzolar turli xil 8 ta ma'muriy-hududiy tuzilmalardan töplangan bölişi darkor.
Nomzodlarni röyxatga oliş jarayoni saylovlarga 35 kun qolganida töxtatiladi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenining matni va körinişini tasdiqlaydi.
Unga, alfavit tartibida prezidentlikka nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuğilgan yili, lavozimi(kasbi) va iş joyi haqida ma'lumot kiritiladi. Ovoz beriş jarayoni ertalab soat 6:00 dan keçki soat 20:00gaça davom etadi.
Har bir saylovçi şaxsan ovoz beradi, boşqa kişilar uçun ovoz berişga yöl qöyilmaydi.
Saylov kuni özi yaşab turgan joyda bölmaydigan saylovçi uçastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini olib, öz nomzodiga ovoz berişi, uni maxsus konvertga solib uçastka komissiyasida qoldira oladi.
Alohida hollarda, saylovçi soğliği va yoki boşqa sabablar tufayli ovoz berişga bevosita bora olmasa, uning iltimosi bilan, saylov komissiyasi kamida ikki nafar vakilini yuborib, saylovçining turar joyida ularning ovoz berişini taşkil etişi mumkin.
Ovoz beriş byulletenlari yaşirin ovoz beriş uçun möljallangan maxsus kabina yoki xonada töldiriladi. Mustaqil ravişda byulletenni töldira olmaydigan saylovçi, öz xohişiga köra, saylov komissiyasi a'zosidan boşqa şaxsni çaqirişi mumkin.
Saylovçi ovoz beriş byulletenidagi nomzodlardan özi tanlagan nomzod ismi-şarifi töğrisidagi kvadrat şakldagi katakka qöşuv işorasini qöyadi. Şundan söng, töldirilgan byulletenni saylov qutisiga taşlaydi.
Saylov uçastkasidagi ovozlarni sanaş saylov komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi. Ularning protokoli asosida Okrug saylov komissiyasi protokoli tuziladi va Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
Markaziy saylov komissiyasi öziga keltirilgan protokollar asosida: respublika böyiça ovoz beriş byulletenlari olgan saylovçilarning umumiy sonini, saylovda iştirok etganlar, har bir nomzodga berilgan ovozlar sonini hamda bekor qilingan byulletenlar sonini aniqlaydi.
Agar, prezidentlik saylovida ikki nafar nomzod iştirok etayotgan bölsa, eng köp ovoz olgani davlat rahbari sifatida saylangan hisoblanadi.
Prezident saylovlarida ikki nafardan ortiq nomzod iştirok etgani holda, ularning heç biri ovoz beriş jarayonida iştirok etgan saylovçilarning yarmidan köp ovozini töplay olmasa, takroriy saylov ötkaziladi. Bunda, eng köp ovoz töplagan ikki nomzod qatnaşadi.
Mabodo, prezidentlik saylovida turli sabablarga köra, birgina nomzod iştirok etib qolsa, saylovçilarning yarmidan köpini işonçiga sazovor bölgan taqdirda, u saylangan hisoblanadi.
Agar ovoz beriş jarayonida umumiy saylovçilarning 33 foizdan kami qatnaşsa, saylov amalga oşmagan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz beriş jarayonida, unda iştirok etgan saylovçilarning eng köp ovozini töplagan nomzod davlat rahbari sifatida saylanadi. Ikkinçi ovoz beriş jarayonida saylovçilarning iştirok etiş foizi hisobga olinmaydi.
Prezident saylovlari amalga oşmagan yoki haqiqiy emas deb tan olinsa, yoxud saylovda birgina nomzod iştirok etganiga qaramay, u yetarli ovoz töplay olmasa, saylovlar qaytadan taşkil etiladi.
Takroriy prezidentlik saylovlari asosiy saylovdan keyin 40 kun içida ötkaziladi.
Özbekiston Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ovoz beriş natijalari e'lon qilinganidan söng, ikki oydan keçiktirilmasdan Oliy Majlis yiğilişida tantanali qasamyod qabul qilgaç, lavozimiga kirişadi.
Özbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti öz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uç oy muddat içida, «Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida»gi Qonunga töliq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi ötkaziladi.












