Jahon | 16:44 / 03.09.2016
12690
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi motam sifatida bayroqlarni tushirib qo‘ydi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan motam sifatida bayroqlarni tushirib qo‘ydi.

Bayroqning o‘zi qora motam tasmasi bilan o‘rab chiqildi.   

Shuningdek, elchixona binosiga ikkinchi kirish joyidagi bayroqlar ham qora tasma bilan o‘rab chiqilgan.

Elchixona oldidagi vaziyat osoyishta, hech qanday kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid