Xalqimiz boşiga oğir musibat tuşgan bu kunda millionlab özbek yoşlari qatori men ham çuqur qayğudaman. Çöqqining viqori uzoqdan zalvorli köringanidek mustaqilligimiz me'mori Islom Abduğaniyeviç Karimov amalga oşirgan bunyodkor islohotlarning mislsiz qudrati ham uni yöqotgan kunimizda har bir yurtdoşimizning qalbida purviqor toğdek yuksalayotgani şubhasiz.
Tarix, kelajak avlod, albatta, bu buyuk işlarga öz bahosini beradi. Lekin bugungi musibatli kunda Yurtboşini sönggi yölga kuzatayotib, köz yoşi bilan birga quyilib kelayotgan ayrim mulohazalarni bildirmoqçiman.
1998 yilda - Respublika nafis san'at litseyida öqib yurgan kezlarimda “Aks sado” telekörsatuvida iştirok etgan bir guruh yoşlarga Prezidentimiz öz dastxatlari tuşirilgan kitoblarini taqdim etgan edi. Kitobda “Katta işonç va umid bilan!” sözlari yozilgan edi. Öşanda 16 yoşda edim. Bu voqea bunday baxtga sazovor bölgan boşqa tengdoşlarim qatorida mening hayotimni ham butunlay özgartirib yubordi. Keyinçalik telekörsatuv boşlovçisi, taniqli jurnalist Quddus A'zamov aytib bergan ediki, Islom Abduğaniyeviç “Yoşlarimiz uçun ekan bu” deb erinmasdan 200 ta kitobga öz qöllari bilan yozib çiqqan ekanlar....
Mana şu kitobni hozirgaça eng aziz tuhfa sifatida saqlab kelaman. Keça maşum xabarni eşitiboq yana öşa kitobni titrab varaqladim: “Katta işonç va umid bilan!”... Mana şu sözlar neça yildirki, menga kuç berib, doimo faol, fidoyi va uyğoq bölişga undab keldi. Mana şu jumla sabab men qişloqdan kelib poytaxtdan yaşab qoldim. Oliygohga kirdim, işga joylaşdim. Qayerda işlamay obro‘-e'tibor topişga, faol bölişga, davlat rahbarining katta umidi va işonçini oqlaşga astoydil intildim.
Islom Karimov butun xalqimizga işonç, umid berdi. U bizni eng oğir damlarda ham qaddimizni egmaslikka, heç kimga qaram bölmaslikka örgatdi. U biz yoşlarni jasoratga, matonatga, fidoyilikka, şu aziz Vatanni çinakamiga sevişga, tinçlikni qadriga yetişga örgatdi. Uning xalqimizga, biz yoşlarga mehru muhabbati çeksiz va hadsiz edi!
Kunlarning birida - 22 yoşimda menga Prezident Farmoni bilan “Şuhrat” medaliga sazovor bölganimni aytişdi. Men öşanda buni tasavvurimga ham siğdira olmagandim. Qişloqqa medalni taqib borganimda ota-onam quvonçdan xöngrab yiğlab yuborişgandi.
Özingiz endi tasavvur qiling, mustaqillik yillarida qançadan-qança yigit-qizlar Yurtboşimiz ğamxörligidan bahramand bölib, orden-mukofotlar sohibi böldi. Bolalar sportiga qaratilgan e'tibor sababli mamlakatimizda qançadan-qança jahon va osiyo çempionlari yetişib çiqdi. Ruslan Nuriddinov, Hasanboy Döstmatov, Şahobiddin Zoirov kabi olimpiada çempionlari ana şu siyosatning mahsuli emasmi?!
Yoşlarimizning bu kabi yutuqlarni qölga kiritişiga zamin yaratgan bir kuçli omil bor. Bu – davlat rahbarining işonçi va rağbati! Islom Karimov biz – yoşlarni otalarça yaxşi körar edi. U kişi yoşlarning yutuqlaridan behad mamnun bölar edi. U kişi bizga işonardi va bizni ham doimo heç kimdan kam bölmaslikka, öz kuçimizga va salohiyatimizga işonişga da'vat qilar edi.
Yurtboşida yoşlarga qöşimça quvvat, ğayrat-şijoat bağişlovçi kuç, mehr bor edi. U kişi doimo yoşlarimizga murojaat qilib, yangidan-yangi zafarlarga undardi. Juda köp yoşlarimiz öz yutuqlariga erişişida davlat rahbarining daldasi va işonçi hal qiluvçi omil bölganligini aytişgan.
Men mana şunday buyuk tarixiy şaxs bilan uçraşiş baxtiga muyassar bölganimdan faxrlanaman. Bu onlar hayotimning eng unutilmas damlari bölib xotiramda umrbod saqlanib qoladi. Yurtboşi menga “Öğlim” deb murojaat qilgan. Bu menga özgaça dalda va işonç bergan. Umrimning oxirigaça u kişining menga körsatgan mehri va işonçini oqlaş uçun bor kuç-ğayratimni bağişlayman.
Mustaqillik yillarida Islom Karimovning otalarça mehri bilan minglab yoşlar – butun boşli yangi bir avlod kamolga yetdi. Biz yoşlar ana şu mehrga va işonçga sodiq qolib, öz kuçimizga va salohiyatimizga işonib, yangi marralarni egallaşimiz şart. Bu biz uçun ham farz, ham qarz!
Mustaqilligimizni, tinç va osuda hayotimizni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş, Yurtboşimiz orzu qilganidek Özbekistonning dunyodagi rivojlangan davlatlar safidan joy olişi uçun fidokorona xizmat qiliş şu yurtda yaşayotgan, millati va dinidan qat'iy nazar har bir yigit-qizning farzandlik burçidir!
Öşandagina bizga bildirilgan katta umid va işonçni oqlay olamiz, öşandagina biz ota oldidagi burçini bajargan farzanddek vijdonan pok va xotirjam bölişimiz mumkin.
“Böş kelmang, farzandlarim, davr bizniki, marra bizniki”!
Mana şu da'vat bugun öz otasi bilan vidolaşayotgan millionlab yoşlarimizning quloqlari ostida xuddi yaşindek çaqnab, biz yoşlarga milliy davlatçiligimiz rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk davlat arbobi – Islom Karimov oldidagi qarzdorlik va farzandlik burçimizni har lahza, har daqiqada yodga solib turişini istardim.
Şuhrat Oripov










