Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning sobiq prezidenti AQSh maxsus xizmatlari kuzatuvida bo‘lgan
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi prezidentligi vaqtida AQSh maxsus xizmatlari kuzatuvida bo‘lgan. Bu haqda Monde nashri xabar bermoqda.
Bu ma'lumotni Fransiya tashqi razvedkasining sobiq yuqori lavozimli xodimi tasdiqladi. Fransiya tashqi xavfsizligi bosh boshqarmasi sobiq texnik direktori Bernar Barbening aytishicha, 2012 yil mayida fransuz maxsus xizmatlari Yelisey saroyi kompyuter tizimiga o‘rnatilgan zararli dasturni aniqlashgan.
Dastur tahlil qilib chiqilganda, kuzatuv AQSh tomonidan tashkillashtirilgani aniqlangan. Parij Vashingtonga noroziligini bildirgan, buning uchun Barbe shaxsan o‘zi Pentagonga borgan. AQShda esa fransuzlar ularning iziga chiqa olganlaridan norozilik bildirilgan.
Nashrning yozishicha, Fransiya hukumatini ular ortidan eng yaqin ittifoqdoshi kuzatuv olib borgani hayratlantirgan.
Mavzuga oid
21:42 / 11.02.2026
AQSh Venesuelaga Rossiya bilan har qanday neft bitimlarini rasman taqiqladi
21:22 / 11.02.2026
NATO «Arktika qo‘riqchisi» missiyasi boshlanganini e’lon qildi
20:10 / 11.02.2026
Rossiya Trampning «Tinchlik kengashi» birinchi yig‘ilishida ishtirok etmaydi
16:17 / 11.02.2026