20:43 / 04.09.2016
9751

LG kompaniyasi aqlli muzlatgichni namoyish etdi

Muzlatgich 29 dyuym diagonalga ega ulkan yarimshaffof sensor displey bilan boyitilgan. The Verge'ning ta'kidlashicha, uning xizmat ko‘rsatishi ham xuddi ko‘rinishi kabi ajoyib - ilovalar tez ochiladi va qotib qolmaydi. 

Maishiy texnikada bir qator vazifalarni bajarishga imkon beruvchi Windows 10-ilovalarining to‘plami o‘rnatilgan, ya'ni yangi muzlatgichda mahsulotlar ro‘yxatini tuzish, taymerga qo‘yish, masalliqlar yaratish yoki mahsulotlar haqida turli foydali ma'lumotlarni saqlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek displey orqali ko‘rinib turadigan mahsulotni belgilash imkoni ham mavjud.

Muzlatgichda Intel Atom protsessori va 2 Gb operativ xotira o‘rnatilgan. Maishiy uskuna Windows 10'ning to‘liq bazasida ishlaydi - unga Windows Store'dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovalarni yuklab olish, qo‘shiq eshitish va hattoki ovozli boshqarish uchun Cortana'dan foydalanish mumkin. 

Ishlab chiqaruvchi muzlatgichning aniq xususiyatlari va uning bahosi haqida ma'lumot bermadi. 

Manbaga ko‘ra, Smart Instaview Door-in-Door aqqli muzlatgichi joriy yilning oxirida sotuvga chiqadi. 

Mavzuga oid
Top