Jahon | 22:22 / 04.09.2016
25632
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Obama G20 sammiti doirasida "tik oyoqda" bir necha marta qisqa suhbatlashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Barak Obama Xitoyda kechayotgan G20 sammiti vaqtida "tik oyoqda turgan holda" bir necha marta muloqot qilishdi. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, tomonlar 5 sentabr kuni Barak Obamaning taklifiga binoan Xanchjouda mahalliy vaqt bilan soat 13:00da uchrashuv o‘tkazishadi.

Bugun Xanchjou Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hamda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda tomonlar Suriya masalasini muhokama qilishgan.

Mavzuga oid