Putin va Obama G20 sammiti doirasidagi uchrashuv tafsilotlari ma'lum qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikalik hamkasbi Barak Obama bilan uchrashuvi yakunlandi. Xitoyning Xanchjou shahrida kechayotgan G20 sammiti doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv 70 daqiqadan ortiqroq davom etgan.
Uchrashuv avvalida siyosatchilar qo‘l siqishib ko‘rishdi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hamda AQSh Davlat departamenti Jon Kerri ham uchrashuvda ishtirok etishdi.
Rossiya prezidenti matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov ma'lum qildiki, uchrashuv yaxshi ruhda va istiqbolli kechdi.
"Uchrashuv rejalashtirilganidan uzoqroq vaqt davom etdi. Ular ozroq cho‘zib yuborishdi. Suriya va Ukraina masalasi muhokama etildi. Keyin ikki rahbar yuzma-yuz suhbatlashishdi", degan Peskov.
"Ishlashda davom etamiz", — degan u uchrashuv yakunlariga ko‘ra.
4 sentabr kuni Sergey Lavrov va Jon Kerri Suriya muammosini muhokama etishgan edi. Blumberg agentligi xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erisha olmagan.
Mavzuga oid
16:47 / 25.10.2023
Hindiston «Bharat»ga aylandimi? So‘nggi 100 yilda o‘z nomini o‘zgartirgan davlatlar
15:10 / 07.09.2023
G20 sammiti oldidan Hindistonda tozalash: maymunlar Nyu-Dehli markazidan quvilmoqda
11:25 / 06.09.2023
Bayden Si Jinping Hindistondagi sammitga kelmasligidan xafa. Biroq Xitoyga G20 kerakmi?
17:59 / 31.08.2023