Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari – Ta'lim vaziri Li Chjun Sikni qabul qildi. Bu haqda uzdaily.uz xabar bergan.
Janubiy Koreya delegatsiyasi O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafoti munosabati bilan tashkil etilgan motam tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi hamda O‘zbekiston xalqiga ta'ziya bildirdi.
Li Chjun Sik Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe va mamlakat bosh vaziri Xvan Ge Anning hamdardlik ta'ziyalarini yetkazdi.
Li Chjun Sik ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlik bundan keyin ham rivojlanishiga umid bildirdi.
"Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston respublikasi va Janubiy Koreya o‘rtasidagi strategik hamkorlik bundan keyin ham rivojlanishiga umid bildirdi", deyiladi Janubiy Koreya TIV xabarida.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafoti munosabati bilan tashkil etilgan motam tadbirlarida ishtirok etganligi uchun Janubiy Koreya delegatsiyasiga minnatdorchilik izhor qilgan.
Mavzuga oid
12:25 / 19.03.2026
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026