Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda va viloyatlarda Islom Karimov xotirasiga ehson oshi tarqatilmoqda
Bugun Toshkent hokimiyati tashabbusi bilan shaharning bir necha restoranlarida O‘zbekistonning birinchi prezidenti xotirasiga osh berilmoqda.
Ushbu tadbir davlat rahbari dafn marosimi tashkil qilish hukumat komissiyasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, poytaxtdagi «Yakkasaroy», «Charog‘on», «Farovon», «Ummon», «Navro‘z», «Sayohat» restoranlarida 5 sentabr kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha osh tarqatiladi.
Ushbu ma'rakalarga istalgan kishi kelishi mumkin.
Xuddi shunday tadbirlar respublikaning barcha viloyatlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirlarni tashkil qilishga hokimiyat, yirik tashkilot va muassasalar jalb qilingan.
Ma'raka oshi – o‘zbek urf-odatlariga ko‘ra dafn marosimidan keyin marhum xotirasiga beriladi. Odatda bunday marosimlar ortiqcha dabdabasiz, o‘ta kamtarin sharoitda o‘tkaziladi. Osh tortilishidan oldin marhum xotirasiga fotiha o‘qiladi.
Mavzuga oid
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025