Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuvada 11 yoshli “haydovchi qiz” 9 yoshli bolani bosib ketdi
Tuva Respublikasida yashovchi maktab o‘quvchisi otasining avtomobilini boshqarayotib, 9 yoshli bolani bosib ketdi. Bu haqida Respublika IIV ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi yakshanba kuni kechqurun Barun-Xemchik hududida sodir bo‘lgan.
“Barlik qishlog‘ida yashovchi 11 yoshli maktab o‘quvchisi Toyota Caldina avtomashinasini boshqarayotib, uyi oldida aylanma harakatlangan va o‘sha yerda o‘ynab yurgan 9 yoshli bolani bosib ketgan. Hozirgi vaqtda bola shifoxonaning jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan”, - deyishdi matbuot xizmatida.
Voyaga yetmagan qonunbuzarning otasiga nisbatan boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga transport vositasini topshirish haqidagi moddaga binoan ma'muriy protokol tuzilgan. Qizning onasiga nisbatan ham tarbiyaviy majburiyatlarini bajarmagani uchun ma'muriy chora ko‘rilgan.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026