Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen avtomobillari g‘ildiraklariga domofon o‘rnatiladi
Shunday paytlar bo‘ladiki, kurer uyingizga keldi, lekin uyda hech kim yo‘q. Volkswagen bu muammoning yechimini topdi – masofadan turib pochtachiga eshikni ochish mumkin bo‘ladi, hattoki avtomobil boshqarayotgan bo‘lsangiz ham buning ilojisi bor. Endi domofon mashinaning axborot-ko‘ngilochar majmuasi bilan uyg‘unlashishi mumkin.

Loyiha DoorBird startapi hamda Hörmann firmasi (avtomatik darvozalar ishlab chiqaruvchisi) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Hozircha tizim uy eshigining qo‘ng‘irog‘i chalinganda uning egasini ogoh qila oladi.
Kompaniyada bu g‘oyaning yangilik emasligini yaxshi bilishadi, lekin avtomobil tizimida bu ilk marta yo‘lga qo‘yilmoqda.
Kelajakda funksionalni kengaytirish rejalashtirilmoqda: garaj darvozasi yoki uy eshigini masofadan ochish mumkin bo‘ladi.


Mavzuga oid
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
00:22 / 15.12.2025
Volkswagen o‘z tarixida ilk bor Germaniyadagi zavodini yopadi
09:13 / 31.10.2025