Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada 17 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘inga javobgar qilingan shaxs qo‘lga olindi
Moskvaning Altufevo shossesidagi bosmaxona bosh direktori 17 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘inga javobgar shaxs sifatida qo‘lga olingan. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
"Sergey Moskvin tegishli tartibda hibsga olindi", degan sudya Tatyana Sokolova.
Bundan oldinroq, fojiali yong‘in ro‘y bergan bosmaxona rahbariga qidiruv e'lon qilingani haqida xabar berilgandi. U yong‘in xavfsizligi tartiblariga rioya etmaganlikda ayblangan.
Moskvaning Altufevo shossesida joylashgan «Pechatniy ekspress» MChJ bosmaxonasiga qarashli omborda 27 avgust, shanba kuni ertalab ro‘y bergan yong‘in oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 3 nafari Rossiya fuqarosi, qolgani qirg‘izistonliklar edi.