Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga köra, 13 iyul kuni soat 19:41 da 112 tizimi orqali Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Toşkent tumani Uç çinor mahallasida joylaşgan xususiy xonadonlardan birining tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Xabar ortidan qutqaruv bölinmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yonğinni tezkorlik bilan öçirişga muvaffaq bölgan.

FVV ma’lum qilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq.

Hozirda yonğinning kelib çiqiş sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.