Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hodisa 17 iyul kuni soat 08:24 da Ğallaorol tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan maktabda sodir bölgan.

Qayd etilişiça, maktabning tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tuşgaç, qutqaruv bölinmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va yonğin qisqa vaqt içida öçirilgan.

Yonğin paytida maktabning 450 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.

Ayni paytda yonğinning kelib çiqiş sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.