Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga köra, 14 iyul kuni soat 01:43 da 112 tizimi orqali Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Andijon şahrining Hamdöstlik mahallasi, Boburşoh köçasida joylaşgan 5 qavatli uyning tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tuşgan.
Xabar ortidan voqea joyiga qutqaruv bölinmalari zudlik bilan yetib borib, yonğinni tezkorlik bilan öçirişga muvaffaq bölgan.
FVVning ta’kidlaşiça, yonğin oqibatida heç kim jarohat olmagan. Şuningdek, yonğin Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi binosi yonida sodir bölganiga qaramay, boşqarma binosiga heç qanday zarar yetmagan.
Hozirda yonğinning kelib çiqiş sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

















