Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salvador futbolchilariga JCh-2018 saralashida Kanadaga yutqazib berish uchun pora taklif qilindi
Salvador terma jamoasi futbolchilari o‘zlariga JCh-2018 saralashi doirasida Kanada terma jamoasiga qarshi o‘yinda durang yoki kichik hisobdagi mag‘lubiyatga rozi bo‘lish uchun pora taklif etilganini aytib berishdi.
O‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot-anjumanida Salvador terma jamoasi sardori Nelson Bonilya aytdiki, futbolchilar bilan o‘tgan hafta oxirida aloqaga chiqishgan. Isbot sifatida murabbiylar shtabi bu taklifni bergan shaxsning ovozi yozilgan audioni barchaga eshittirishgan. Unda natijaga qarab har bir futbolchiga 900 dollardan 2700 dollargacha pul to‘lanishi aytilgan.
«Biz buni barchaga oshkor etishga qaror qildik – biz bunday ishlarga qarshimiz. Biz milliy terma jamoa bilan bog‘liq barcha ish shaffof bo‘lishini istaymiz», – degan Bonilya.
Salvadordagi gazetalardan biri tadbirkor Rikardo Padilyuni bu ish tashkilotchisi sifatida baholagan. U o‘yinni "topshirish" uchun futbolchilarga pul taklif qilishning yomon joyi yo‘qligini aytib o‘tgan.
Ma'lumot uchun, Salvador terma jamoasi guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotib bo‘lgan. Kanada guruhdan chiqishi uchun Salvadorni mag‘lub etishi shart hisoblanadi.
Manba — Tribuna.uz
Mavzuga oid
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:45 / 13.06.2026