Turkiya Jumhuriyati rahbariyati Islom Karimov vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi
Turkiya jumhuriyati rahbariyati, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakat rahbariyati, xalqi va Prezident oila a'zolariga hamdardligini izhor qildi.
Xususan, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim, Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li va Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi sobiq raisi va sobiq Tashqi ishlar vaziri Hikmat Chetin O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova nomiga ta'ziyanomalar yuborib, O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildirishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni dafn etish marosimlarida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning G20 sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurganligi va Turkiyada favqulodda holat joriy etilganligi munosabati bilan Turkiya Respublikasi nomidan Bosh vazir o‘rinbosari Yildirim Tug‘rul Turkesh boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Delegatsiya a'zolari orasida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama siyosiy aloqalar departamenti direktori Shefik Vural Altay va Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Namik Gyuner Erpul ham bor edi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024