Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 sentabr kuni prezident vakolatlarini prezident vazifasini bajaruvchisiga yuklash masalasi ko‘rib chiqiladi
7 sentabr kuni O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi taklifiga ko‘ra O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining va Senatining qo‘shma majlisini 8 sentabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qilindi. Bu haqda "O‘zbekiston" telekanali orqali ma'lum qilingan.
Majlis kun tartibida bitta masala - prezident vakolatlarini prezident vazifasini bajaruvchisiga yuklash masalasi o‘rin olgan.
O‘zbekiston respublikasi xalqi og‘ir musibatni boshidan kechirmoqda. 2016 yil 2 sentabrida respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston respublikasining amaldagi prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi.
Bunda 3 oy muddat ichida, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi – Senat raisi Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash jarayoni
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Nig‘matilla Yo‘ldoshev tarjimai holi
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
08:33 / 05.06.2026