Inson xotirasi aziz va muqaddasligining e'tirofi iymondandir. Öz umrini xalqiga baxşida etgan insonlarning oramizdan ketişi elu yurtning çuqur qayğusiga, kulfatiga bois bölişi aniq. Bir neça kundirki, qayğu alamdan xalqimiz hali öziga kelganiça yöq. Millat otasi Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ötkazilayotgan xotira darslarida ham ana şu fikrlar e'tirof etilmoqda. Uluğ insonning özlari ketsa ham sözlari xalqni boşqaraveradi. Bu hikmat bejiz emas. El taqdirida buyuk va suyuk bölgan insonlar ikkinçi umrni yaşay boşlaşadi. Ular jisman oramizda bölmasalarda, ruhan barhayot. Sizga kuç va ruh baxş etib turişadi. Şarofatli insonlarning hayotligigina emas, hatto ölimi ham birlaştiradi. Bir – birovi bilan unça munosabati yaxşi bölmagan insonlar ham ölim dahşat va vahşatini, uluğlar yodini eslab özaro yovqaraş qilişmay qöyişdi. Bir qöşnim bor edi. Diydasi qattiq, doim qovoqlarini solib yurardi. Prezidentimiz dafn etiladigan kuni saharmardondan barça qatori vidolaşuvga çiqdi. Közlari jiqqa yoşga tölgandi. Qaytayotganimizda unga yuzlandim. “Söraganning aybi yöq yaqinda öz otangiz dunyodan ötgandi. Janoza namozida ham qabr tepasida ham sizga nazar taşlagandim, közingizda bir tomçi yoş ham körmagandim. Bugun közingiz yoşdan qizarib ketgan” - dedim. U yelka qisdida “Bilmadim” – deb qöydi.
Quyoş botiş uçun çiqadi, odamzot öliş uçun tuğiladi. Ma'lum haqiqat bu. Lekin hammamiz uçun maş'um va ma'lum körgilik - ölim elu yurtning mehrini qozongan, elparvar inson bilan boğlansa, uning dahşati yeru kökni larzaga solgandek böladi. Bir neça kundirki, Özbekiston fuqarolari eng yaqini, öz jigaridan ayrilgandek talmovsirab, garangsib qoldi. Mustaqil Özbekistonning birinçi prezidenti Özbekistonning birinçi poytaxti Samarqandga dafn etildi. Öz yurtini ozod va obod qilgan yurtboşimizning oxiratlari obod bölsin! Özbekiston Respublikasi Ma'naviyat tarğibot markazi taşabbusi bilan kamina tomonidan öqilgan Davlat mustaqilligining 25 yilligiga bağişlangan audiodisk qölimda turibdi. Unda Prezidentning salkam 25 yil mobaynida turli uçraşuv va har xil soha vakillari bilan muloqotlarida bildirgan hikmatli söz va iboralari, şuningdek, zamondoş şoirlarimizning vatanparvarlik ruhidagi şe'rlari örin olgan. Audiodisk prezidentimizning öz iboralariga monand "Vatan va xalq mangu qoladi" deb nomlangan. Şuningdek, audio jamlanmada Abdulla Oripov, Omon Matjon, Erkin Vohidov, Jumaniyoz Jabborov, Iqbol Mirzo, Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toyir, Normurod Narzullayev, Anvar Obidjon, Ikrom Otamurod, Salim Aşur, Azim Suyun, Aziz Said, Minhojiddin Mirzo, Mirzo Kenjabek, Muhammad Yusuf, Muhammad Ismoil, Nasriddin Botirov, Qöçqor Norqobil, Qutlibeka Rahimboyeva, Şerali Vahob, Rustam Musurmon, Sultonmurod olim, Sulton Mirzo, Jumaboy Matyoqubov, Tursun Ali, Zulfiya Möminova kabi ijodkorlarning vatanparvarlik ruhidagi şe'rlari örin olgan.
Xalqimiz millat otasini şu darajada yaxşi körganligini uç kun mobaynidagi xomuşlik, ğamginlik holatidan ham his etiş qiyin emas. Ruhlari şod, oxiratlari obod bölsin. Ğariqi rahmat, şoyistai jannat ato etilgan bölsin. Negadir quloğim ostida davlatimiz rahbarining "Mustaqillikni qöldan boy bermang, birdam va bardam böling, tinç va ahil bölinglar" - degan nidolari jaranglagandek bölaveradi. Bu osoyiştalik garovidir. Mana, prezidentimiz iltijosi, qalb sadosi, sönggi nidolari. Alvido, millat otasi.











